00:43 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)
58710

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga guvohnoma hamda koʻkrak nishonlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga guvohnoma hamda koʻkrak nishonlari topshirildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, tadbirda MSK aʼzolari, yangi saylangan deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Deputatы Zakonodatelnoy palatы i chlenы Senata poluchili udostovereniya i znachki
Press-slujba TSIK
Deputatы Zakonodatelnoy palatы i chlenы Senata poluchili udostovereniya i znachki

Parlament saylovlari natijalariga koʻra, MSK Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatini va Senatining 97 nafar aʼzosini roʻyxatga oldi. Senat aʼzolarining 13 nafari  Shavkat Mirziyovning 17 yanvardagi farmoniga asosan tayinlangan.

Deputatы Zakonodatelnoy palatы i chlenы Senata poluchili udostovereniya i znachki
Press-slujba TSIK
Deputatы Zakonodatelnoy palatы i chlenы Senata poluchili udostovereniya i znachki

Marosimda MSK raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov milliy parlamentning yangi saylangan va prezidentning farmoniga binoan tayinlangan aʼzolarini xalq vakili boʻlishdek sharafli maqomga musharraf boʻlgani bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda parlament aʼzolari endi oʻzining bor kuch-gʻayrati, ulkan ilmiy, ijodiy va yetakchilik salohiyatini hamda insoniy fazilatlarini xalqning va mustaqil Oʻzbekistonning ravnaqi yoʻlida safarbar etadi, degan umid bildirildi.

Deputatы Zakonodatelnoy palatы i chlenы Senata poluchili udostovereniya i znachki
Press-slujba TSIK
Deputatы Zakonodatelnoy palatы i chlenы Senata poluchili udostovereniya i znachki

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlislari shu yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)

Asosiy mavzular