Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri saylandi

© Press-slujbaNurdinjon Ismailov
Nurdinjon Ismailov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Yangi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning ilk majlisida Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerligiga tavsiya etildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan saylandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Bugun rivojlanayotgan O‘zbekistonni mutlaqo boshqa yo‘lga qo‘yishimiz kerak - Shavkat Mirziyoyev

Davlat rahbari spikerning bilim va tajribasi, fidoyiligini ta’kidlab, uning va palataning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

"Sizlar tarixiy davrda tarixiy deputatlar bo‘lib saylandilaringiz. Bunga har kuni, har daqiqa munosib bo‘lishingiz, xalqchil qonunlar qabul qilib, aholi farovonligiga hissa qo‘shishingiz kerak", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yangi ta’sis etilgan Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Akmal Saidov tayinlandi.

Nurdinjon Ismoilov 1959-yil 20-yanvar kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1980-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Yuridik fanlari nomzodi. 1999-yil “Shuhrat” medali, 2002-yil “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.

Yangiliklar lentasi
0