01:34 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Siyosat
Havola olish
70010

TIV rahbari Oʻzbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklarini 80 foizi Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya orqali tranzit yoʻlidan oʻtishini eslatib oʻtdi.

TOSHKENT, 25 yanv - Sputnik. Dunyoda bugun yuzlab integrallashuv tashkilotlari mavjud. Shunday ekan, Oʻzbekiston boshqa davlatlar singari bu tabiiy jarayondan chetda qolishi mumkin emas, dedi Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov shanba kuni Xalqaro Press Klubning navbatdagi sessiyadagi chiqishida. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabari asosida.

Kamilovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston oldida kun tartibida uchta katta tashkilot bor: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti va Yevropa ittifoqi.

"Shu tashkilotlar bilan hamkorlikda batafsil muzokaralar olib boryapmiz, qaysi shaklda Oʻzbekiston mana shu integrallashuv tashkilotlarda ishtirok etishi mumkinligi haqida. Yevroosiyo (iqtisodiy) ittifoqi boʻyicha juda koʻp savol tugʻilyapti. Shu yerda integratsiya masalalariga munosabatimiz haqida aytmoqchi edim: globallashuv davrida integratsiya - bu tabiiy jarayon. Barcha davlatlar shu integratsiyaga intiladi. Dunyoda yuzlab integratsion tashkilotlar bor, Oʻzbekiston ham boshqa davlatlar singari bu jarayonda chetda qolishi mumkin emas. Prezident oʻz murojaatlarida aytib oʻtdilar, biz bu masalada qaror qabul qilishda doim milliy manfaatlardan kelib chiqamiz", - dedi Kamilov. 

TIV rahbari Oʻzbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklarini 80 foizi Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya orqali tranzit yoʻlidan oʻtishini eslatib oʻtdi.

"Diqqat markazda faqatgina Oʻzbekiston xalqi manfaati boʻladi. Parlament ham Vazirlar Mahkamasidan keyin chuqur oʻrganib, oʻz taklifini beradi", - deb taʼkidladi Kamilov.

Asosiy mavzular