Abdulaziz Kamilov AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s pribivshim v nashu stranu s ofitsialnim vizitom Gosudarstvennim sekretarem SShA Mayklom Pompeo
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov vstretilsya s pribivshim v nashu stranu s ofitsialnim vizitom Gosudarstvennim sekretarem SShA Mayklom Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maykl Pompeo Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyatni demokratlashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasidagi islohotlariga yuqori baho berdi

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga tashrifi va prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qoidalarini izchil amalga oshirish, ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga tomonlar sodiq ekanligi tasdiqlandi.

Mayk Pompeo vstretilsya s religioznimi liderami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Maykl Pompeo O‘zbekiston diniy ulamolari bilan uchrashdi

Tomonlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanayotganligi va jadal rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Uchrashuvda so‘nggi ikki yil ichida savdo hajmi ikki baravar o‘sganiga e’tibor qaratildi.  AQSh davlat kotibi Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyatni demokratlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasidagi islohotlariga yuqori baho berdi.

Shuningdek, muzokaralarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, diniy erkinlikni ta’minlash va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan choralar muhokama qilindi.

Eslatib  o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0