05:04 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
60701

Maykl Pompeo oʻz tashrifi davomida eʼlon qilgan hujjat - AQSH Markaziy Osiyoda 2025 yilga qadar qanday hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi ekanligini koʻrsatdi.

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik.  AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Osiyoga boʻlgan tashrifi doirasida AQShning 2019-2025 yillarga moʻljallangan Markaziy Osiyo boʻyicha strategiyasini eʼlon qildi.

Ushbu Strategiya 6ta asosiy boʻlimdan iborat boʻlib, ular quyidagilardan iborat:

1.Markaziy Osiyo  davlatlarining suvereniteti va mustaqilligini qoʻllab-quvvatlash. Ushbu maqsadda AQSH hududda oʻzining diplomatik ishtirokini oshiradi. Undan tashqari “hududa tarqoqlikka olib kelayotgan kelishmovchiliklarni yengib oʻtishda yordam beradi”. AQSH Markaziy Osiyo elektr halqasi hamda savdo sotiqni rivojlantirishda ishtirok etadi.

Beshkekda tashkil qilinayotgan “Amerika Markaziy Osiyo Universiteti” – hududning yosh aqllari AQSH ilmiy unvonlarini olish, kerakli biznes koʻnikmalarni oʻrganish uchun oʻsib boruvchi xabga aylanadi va hudud bilan uzoq muddatli uyushmalar tashkil qilishga xizmat qiladi.  

Markaziy Osiyoda terrorchilik xavfini kamaytirish, bu yerni terrorchilar yashirinish joyiga aylantirmaslik.  

3. Afgʻoniston bilan hamkorlikni kuchaytirish. AQSH Afgʻoniston xavfsizligi butun Markaziy Osiyo uchun muhim deb hisoblaydi.

4. AQSH hukumati MO davlatlari Afgʻoniston bilan aloqalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi.

5. Hududda huquq ustuvorligini hamda inson huquqlarini taʼminlash.

6. AQShning Markaziy Osiyoga sarmoya kiritishini qoʻllab quvvatlash.

“AQShning Markaziy Osiyo ishlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi - bizning milliy xavfsizlik, xorijdagi manfaatlarimiz va fuqarolarimizni himoya qilish uchun xizmat qiladi”, - deyilgan AQSH strategiyasida.

Eslatib oʻtamiz, rossiyalik ekspert Andrey Kazantsev, biroz oldin AQSH davlat kotibi Markaziy Osiyoga kelishidan asosiy maqsad – ushbu hududda ayni damda yetakchilik qilayotgan Rossiya va Xitoyga nisbatan oʻz pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida kelgan deb xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular