Rossiya sobiq prezidentlari bir umrlik senator maqomini olishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin i premyer-ministr RF D. Medvedev prinyali uchastie v syezde partii "Yedinaya Rossiya"
Prezident RF V. Putin i premyer-ministr RF D. Medvedev prinyali uchastie v syezde partii Yedinaya Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konstitutsiyaga taklif qilinayotgan yangi qo‘shimchalar davlat rahbarlari vakolatlari yakunlanganidan so‘ng bir umrlik senator maqomini olishni nazarda tutgan.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiyaning sobiq prezidentlari vakolati tuguganidan so‘ng bir umrlik Federatsiya Kengashi a’zosi maqomini oladi. Bu haqida Rossiya Konstitutsiyasining 5-moddasiga qo‘shimcha kiritish taklif qilindi.   

Ushbu qo‘shimchani taklif qilgan ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, sobiq davlat rahbari ulkan tajriba va bilimlarga ega bo‘lgan holda Federatsiya Kengashiga “foydali bo‘lishi aniq”.

Prezidentlar o‘z vakolatlari yakunlanganidan so‘ng yoki muddatidan oldin bekor qilinganidan so‘ng bir umrlik senator maqomiga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek sobiq prezidentlar senator maqomidan voz kechish huquqiga ham ega.

Shu bilan birga, Konstitutsiyaga yana bir qo‘shimcha kiritish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra davlat rahbarining Federatsiya Kengashi a’zolarini tayinlash  huquqini kengaytirish taklif qilinmoqda. Ayni damda prezident 17ta senatorni tayinlashi mumkin. Yangi normaga ko‘ra ushbu vakolat 30 kishiga kengaytirilishi mumkin. Shu bilan birga, ana shunday senatorlardan 7 nafari “bir umrlik” maqomiga ega bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0