10:03 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Siyosat
Havola olish
692 0 0

Sal oldin Qamishli shahri yaqinidagi blokpostlarning birida Suriya hukumat qoʻshinlari boʻlinmalari ketayotgan marshrutidan ajralib qolgan amerika harbiylari kolonnasini toʻxtatgani haqida xabar bergan edi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. RT Arabic va Kurdistan24 telekanallari va SANA agentligi tomonidanamerika askarlari va Suriya sharqiy qismidagi Qamishli shahri yaqinida yashovchi aholi oʻrtasida yuz bergan mojaro videosi ommaga eʼlon qilindi.

Eslatib oʻtamiz, biroz avval Qamishli shahri yaqinidagi blokpostlarning birida hukumat qoʻshinlari boʻlinmalari ketayotgan marshrutidan ajralib qolgan amerika harbiylari kolonnasini toʻxtatgani haqida xabar berilgan edi. Shundan soʻng AQSH harbiy xizmatchilari va mahalliy aholi oʻrtasida mojaro yuz bergan, natijada amerika askarlari aholiga qarata oʻt ochgan. Hodisa oqibatida 14 yoshli oʻsmir bola halok boʻlgan, yana bir fuqaro jarohatlar olgan. Ushbu toʻqnashuv rossiyalik harbiylar aralashuvi tufayli toʻxtatishga muvaffaq boʻlingan.

Kurdistan24 telekanali eʼlon qilgan videoda hodisa joyini tark etayotgan amerika askarlari kolonnasi mahalliy aholi toshboʻron qilinayotgani aks etgan.

Tasvirda broneviklardan biri Molotov kokteyli bilan zararlangani izlari aks etgan. Shuningdek, kadrlarda, issiqlik qopqonlarini  oʻqqa tutayotgan AQSH HHKga tegishliligi taxmin qilinayotgan samolyotni koʻrish mumkin.

SANA agentligi eʼlon qilgan videoda esa qoʻlida amerika bayrogʻini gʻijimlab olgan mahalliy aholi va uch nafar amerika askari oʻrtasida roʻy bergan ogʻzaki janjal aks ettirilgan.

Yana bir rolikda hodisa joyiga yetib kelgan bir nechta rossiya harbiylariga tegishli zirhlangan avtomobillarni koʻrish mumkin.

Asosiy mavzular