O‘zbekistonning talabalarni qaytarish qarorida siyosiy ma’no yo‘q - Ne’matov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIlxom Nematov - Perviy zamestitel ministra inostrannix del
Ilxom Nematov - Perviy zamestitel ministra inostrannix del - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi fevral oyining boshida qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari hech qanday imtihonlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi

TOShKENT, 14 fev - Sputnik. O‘zbekiston tomonining qo‘shni davlatlar - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan talaba yoshlarni vatanga qaytarish bo‘yicha harakatlari siyosiy ma’nodan mutlaqo holi. Bu haqda bugun jurnalistlar bilan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Uzbekskiy student  - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi

"...Qo‘shni davlatlarda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirilishida mutlaqo bir siyosiy ma’no yoki siyosiy omil yo‘q. Ancha yillardan buyon farzandlari chet elda tahsil olayotgan ota-onalardan o‘z farzandining o‘qishini O‘zbekistondagi oliygohlarga ko‘chirishga imkon berish haqidagi talablarni eshitib kelamiz. O‘zbekiston OTMlarida kvotalar oz bo‘lib, bunday talabalarga bir marta yozda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilardi. Bu yil ota-onalarning talablaridan kelib chiqib, qishda ham o‘qishni ko‘chirishga rozilik berildi", - deya tushuntirdi Ne’matov.

Diplomatning aytishicha, mana shu jarayon boshlangandan beri, O‘zbekistonning Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari ushbu masala ustida tinimsiz muzokaralar olib borishmoqda.

"Bu juda murakkab masala. Misol uchun, birgina Chimkentning o‘zida 10 mingdan ortiq talabalarimiz tahsil oladi. Qirg‘iziston, Tojikistonda ham holat shunday. Elchilarimiz bilan har kuni gaplashaman, ularning oliygohlar rektorlari bilan muntazam aloqadaligidan xabardorman", - dedi u.

Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek talabalarining ommaviy qaytarilishi: Qozog‘iston TIV bayonot berdi

Ta’kidlanishicha, tez vaqtda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston OTMlari rahbarlari bilan uchrashib, muloqot qilishi kutilmoqda.

"Bu yerda turli muammolar bor. Misol uchun, talabaga bir semestrni tamomlamay turib, o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmasligi yoki agar o‘qish semestr yarmida ko‘chiriladigan bo‘lsa, bir yil uchun to‘lab qo‘yilgan kontrakt pulining yarmi qaytarilmasligi va shunga o‘xshash muammolar... Albatta, hozirgi kunda muzokaralar olib borilmoqda, o‘ylaymanki, mana shu muzokaralar natijasida muammolarning hammasi hal bo‘ladi", - deb ishonch bildirdi TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi fevral oyining boshida qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari hech qanday imtihonlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Ilgarilari o‘zbek talabalarida bunday imkoniyat bo‘lmagan. Ko‘ngilli ravishda o‘qishni ko‘chirish qarori, talabalar ota-onalari tomonidan o‘z farzandlariga moddiy yordam yuborishda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar tufayli qabul qilingan. Bundan tashqari, talabalarning ota-onalari qo‘shni mamlakatlardagi oliy dargohlardagi ta’lim sifatidan ham norozi bo‘lganlar.

Yangiliklar lentasi
0