10:44 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Siyosat
Havola olish
70201

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov koronavirus bilan bogʻliq vaziyat va Toshkent xitoylik hamkasblar bilan birgalikda koʻrayotgan choralar haqida soʻzladi. Diplomat shuningdek, respublikaning AQSH bilan aloqalarini hotirjam qabul qilishga chorladi.

Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot-anjumanida respublika tashqi siyosiy mahkamasi vakili AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning yaqinda boʻlib oʻtgan Toshkentga tashrifi katta shov-shuvlarga sabab boʻlgani va Oʻzbekistonning boshqa sheriklari tomonidan ayrim havotirlar bildirilganini aytdi.

"Shuni taʼkidlamoqchimanki, Toshkentning birorta davlat bilan hamkorligi boshqa davlat bilan aloqalarga qarshi qaratilmagan. U yoki bu derjavaning yuqori martabali amaldorlarining oliy tashriflari esa uchinchi davlatlar manfaatiga zid emas. Biz faqatgina oʻzimizning milliy manfaatlarimizga amal qilamiz va Rossiya Federatsiyasi bilan ham, AQSH bilan ham, Xitoy bilan ham doʻstona aloqalardamiz. Bu yerda hech qanday ziddiyatga oʻrin yoʻq", - dedi Neʼmatov.

AQSH Davlat kotibi tomonidan aytilgan, "Qozogʻiston va Oʻzbekiston infratuzilmasi Xitoyda chiqqan oʻlim keltiruvchi koronavirusga qarshi kurashishga tayyor emasligi" haqidagi gaplarga izoh berar ekan, diplomat, epidemiya boshlangan vaqtdan buyon respublika TIV XXR va boshqa davlatlardagi hamkasblari bilan birgalikda chet elda boʻlib turgan oʻz fuqarolariga zarur yordamni koʻrsatayotganini qayd etdi.

Koronavirusga urush: Oʻzbekiston Pekinga insonparvarlik yordamini yubordi >>>

"Bizga maʼlum boʻlishicha, holat hozirda nazoratga olingan va virus yoyilishi tezligi pasaygan. Bu haqda xitoylik hamkasblarimizdan xabar topdik. Biz samolyotlarimiz yordamida 500dan ortiq fuqarolarimizni evakuatsiya qildik, bundan tashqari 2 mingdan ziyod oʻzbekistonliklarga boshqa davlatlar tomonidan yordam koʻrsatilgan. Xitoydagi konsulligimiz va elchixonamiz vatandoshlar bilan muntazam aloqada, biz ushbu umumiy xatarga qarshi ishlarni faol davom ettirmoqdamiz", - deb ishontirdi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

Asosiy mavzular