23:52 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi (11)
102140

Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

TOSHKENT, 19 fev – Sputnik. Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Sostoyalis peregovorы prezidentov Uzbekistana i Turtsii
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sostoyalis peregovorы prezidentov Uzbekistana i Turtsii

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan shohsupaga koʻtarildilar. Oʻzbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar. 

Sostoyalis peregovorы prezidentov Uzbekistana i Turtsii
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sostoyalis peregovorы prezidentov Uzbekistana i Turtsii

Shundan soʻng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.  

Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii

Oʻzaro manfaatli imkoniyatlarni ishga solish, yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishlarini muntazam oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi.

Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii

Transport sohasidagi aloqalarni kengaytirish, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi. 

Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii

Intensiv bogʻdorchilik, baliqchilik, chorvachilik, naslchilik yoʻnalishlarida Turkiyaning ilgʻor tajribasini oʻzlashtirish, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma tadqiqotlar olib borish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sostoyalis peregovorы Prezidentov Uzbekistana i Turtsii

Oʻzbekistonda zamonaviy qoʻshma klinikalar va diagnostika markazlari tashkil etish, kichik biznes, toʻqimachilik kabi yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish taklifi koʻrib chiqildi.

Samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy muloqot va koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani yana bir bor tasdiqlandi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi (11)

Asosiy mavzular