21:18 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
60210

Prezident farmoni bilan Farxod Arziyev Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni qator tayinlovlarni amalga oshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Rabota s bumagami
© Sputnik / Vladimir Astapkovich

Xususan, Mirziyoyev farmoni bilan Jamshid Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlandi va va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Timur Ishmetov  Oʻzbekiston moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Omonullo Nasritdinxodjayev Oʻzbekiston moliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Farxod Arziyev Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ilhom Neʼmatov Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Asosiy mavzular