13:49 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Siyosat
Havola olish
303 0 0

Agar ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning yarmidan koʻpi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlasa, yangilangan Konstitutsiya ovoz berish jarayoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

TOSHKENT, 14 mar — Sputnik. Prezident Vladimir Putin Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Bosh qonundagi oʻzgarishlar prezident, hukumat aʼzolari va turli darajadagi davlat mansabdorlariga nisbatan ilgari surilayotgan yangi talablarga bagʻishlanib, davlatning fuqarolar oldidagi ijtimoiy kafolatlarini mustahkamlaydi, parlament vakolatlari doirasini oʻzgartiradi, federal hududlarning begonalashini taqiqlaydi, rus tili maqomini belgilaydi.

Ushbu haftada Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlarni Davlat dumasi va Federatsiya kengashi, shuningdek, Rossiyaning 85ta regioni parlamentlari maʼqulladi.

Tereshkova prezidentlik muddatini boshidan hisoblashni taklif etdi >>>

Endilikda prezident tuzatishlaryi Konstitutsiyaviy sudga yoʻnaltirishi kerak boʻladi. Konstitutsiyaviy sud, oʻz navbatida, qonun Konstitutsiyaga mos kelishini 7 kun ichida hal etishi lozim boʻladi. Agar mos kelmasa, jarayon toʻxtatiladi, agar tuzatishlar Konstitutsiyaga javob bersa, davlat rahbari kiritilgan oʻzgartishlar matni boʻyicha umumrossiya referendumi kunini belgilaydi.

Bunda, layoqatsiz va mahkumlardan tashqari, 18 yoshdan katta boʻlgan barcha rossiyaliklar ovoz berishda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.

Ovoz berish 22 aprel kuniga rejalashtirilgan, ushbu kun dam olish kuni boʻlishi kutilmoqda.

Soʻngra MSK 5 kun davomida natijalarni hisoblab chiqadi va yana uch kundan soʻng eʼlon qiladi. Agar ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning yarmidan koʻpi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlasa, yangilangan Konstitutsiya ovoz berish natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Asosiy mavzular