01:09 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (48)
586 0 0

Senatning maxsus ishchi guruhi Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik istiqbollarini oʻrganmoqda.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senatida Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorlik istiqbollarini hamda ushbu xamkorlikning mamlakat milliy manfaatlariga taʼsirini chuqur va har tomonlama oʻrganish boʻyicha maxsus ishchi guruhi tuzildi.  

“Mazkur Ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga yoʻllagan Murojaatnomasida qayd etilgan topshiriq va koʻsatmalari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan takliflar hamda mazkur masalaga oid boshqa materiallarni chuqur oʻrganadi, ularning keng muhokamasini tashkil qiladi va oʻzining xulosasini tayyorlaydi”, - deyilgan Senat matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishicha, bunda YEOIIga aʼzo davlatlar tajribasi, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etish, hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishi, erkin savdo rejimining amaliyoti kabi qator istiqbolli imkoniyatlar batafsil va atroflicha tahlildan oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.

Oʻrganish jarayoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Vazirlar mahkamasi hamda respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari bilan yaqindan hamkorlikda tashkil qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining maxsus ishchi guruhi YEOIIga aʼzolikning ijobiy va salbiy tomonlarini oʻrganib chiqqani xabar qilingan edi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (48)

Asosiy mavzular