06:39 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
22120

Belarus bosh vaziri oʻz chiqishi davomida YEOII davlatlari iqtisodiyotni yurgʻizishda dollarga tobelik darajasini jiddiy kamaytirish lozimligi haqida gapirgan

TOSHKENT, 10 apr - Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari (YEOII) yetakchilari kelasi haftada yangi turdagi COVID-19  koronavirusi taraqalishiga qarshi kurashishda umumiy saʼy-harakatlarga bagʻishlab videoanjuman formatida muzokaralar oʻtkazadilar.

Bu haqda jumani kuni videoaloqa shaklida oʻtayotgan YEOII hukumatlararo kengashi majlisi davomida Belarus bosh vaziri Sergey Rumas xabar berdi.

Rumasning fikricha, muzokaralar davomida inqirozdan keyingi davrda iqtisodiy rivojlanish masalalarini muhokama qilish ham muhim ahamiyatga ega.

Belarus bosh vaziri oʻz chiqishi davomida YEOII davlatlari iqtisodiyotni dollarlashuvdan xalos etishga jiddiy bel bogʻlashlari kerakligi, narxlarni shakllantirishda va hisob-kitoblarda milliy valyutalardan kelib chiqish lozimligini qayd etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular