19:08 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
114920

Ushbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qoʻshni qozoq birodarlarimizga ham ortiqcha tashvish va ziyon yetkazganidan judayam xijolatdamiz. Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar koʻrganidan, albatta, biz juda afsusdamiz, dedi Mirziyoyev.

TOSHKENT, 5 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozogʻistonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar koʻrgani, Oʻzbekiston hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha qoʻshni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib oʻtdi.

"Afsuski, Sardobadagi ofat natijasida biz bilan chegaradosh boʻlgan yon qoʻshnimiz — Qozogʻiston Respublikasi Turkiston viloyati Maqtaral tumanining ayrim aholi punktlarini ham suv bosdi. Biz Qozogʻiston Prezidenti, hurmatli Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan telefon orqali bu masalani oʻzaro tushunish va ochiqlik ruhida atroflicha muhokama qilib oldik.

Kuni kecha Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya voqea joyida boʻlib, vaziyatni har tomonlama chuqur oʻrgandi. Biz qardosh qozoq xalqi bilan azal-azaldan bir daryodan suv ichib, oʻzaro quda-anda boʻlib, et bilan tirnoqdek yaqin boʻlib yashaganmiz. Quvonchli kunlarda ham, sinovli damlarda ham hamisha bir-birimizga yelkadosh boʻlib, qoʻllab-quvvatlab kelganmiz.

Ushbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qoʻshni qozoq birodarlarimizga ham ortiqcha tashvish va ziyon yetkazganidan judayam xijolatdamiz. Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar koʻrganidan, albatta, biz juda afsusdamiz", - dedi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston yetakchisining taʼkidiga koʻra, mamlakat hukumati, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, boshqa mutasaddi va mutaxassislar qozogʻistonlik hamkasblar bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha yaqindan hamkorlik qiladi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular