14:26 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
522 0 0

Rossiya prezidenti joriy yil qisqartirilgan formatda nishonlanayotgan Gʻalabaning 75 yilligi kelgusida keng bayram qilinishini aytdi

TOSHKENT, 9 may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Aleksandr bogʻida Nomaʼlum askar qabriga qizil atirgullardan iborat guldastani qoʻyish marosimida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

"Bizni umumiy xotira va umumiy umidlar, bugun va kelajak uchun umumiy harakatlar va masʼuliyat birlashtirib turadi", - deb taʼkidladi davlat rahbari.

Nutqni tamomlagach, Putin bir daqiqalik sukut eʼlon qildi va shundan soʻng qahramon-shaharlar monumentlariga qizil chinnigullarni qoʻydi.

Prezident, shuningdek, Rossiyada bu yil Gʻalabaning 75 yilligi qisqartirilgan formatda oʻtayotgani bilan, kelgusida keng nishonlanadi, deya vaʼda berdi.

Joriy yilda 9 mayda Qizil maydonda va Rossiyaning barcha shaharlarida oʻtkaziladigan anʼanaviy parad koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Ammo aviatsiya paradlari oʻtkazilmoqda.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular