03:51 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
284 0 0

Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, videokonferentsaloqa shaklida oʻtkaziladigan yalpi majlisda 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Bugungi yalpi majlisda senatorlar Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi toʻgʻrisidagi masalani ham koʻrib chiqadi.

Hozirga qadar majlisda "Sogʻlom turmush" medali va "Salomatlik" ordenlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi yangi qonunlar senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Endilikda "2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi”gi, "Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.  

Yalpi majlisda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020 yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar mahkamasining, Ombudsman, Hisob palatasi, bosh prokuror va Markaziy bank boshqaruvi raisining 2019 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari eshitilishi ham nazarda tutilmoqda.

Yalpi majlis kun tartibiga hokimlar tomonidan qarorlar qabul qilinishida qonun hujjatlariga rioya etilishi holati yuzasidan Hukumatga parlament soʻrovi yuborish masalasi kiritilgan.

Prezidentning “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash masalasi navbatdagi majlis kun tartibidan oʻrin olgan.

Asosiy mavzular