20:41 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
54620

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Oʻzbekiston elchisi Ergash Shoismatov bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Muxriddin Oʻzbekiston elchisi Ergash Shoismatovni qabul qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat TIVga asosan xabar qildi.

Muloqot chogʻida Muxriddin Oʻzbekistonning Tojikistonda koronavirusga qarshi kurashga qoʻshayotgan hissasini ijobiy baholadi. Tashqi ishlar vaziri davlat nomidan insonparvarlik yordami, bir shifokorlar guruhi uchun minnatdorlik bildirdi.

"Tojikiston ushbu harakatni ikki yaqin xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikning yorqin namoyishi sifatida koʻradi", - deb taʼkidlandi Tojikiston TIVda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordamini, konteynerlar hamda Tojikistonda koʻchma shifoxonani tashkil qilishga yordam berish uchun bir guruh shifokorlarni yuborgandi.

Asosiy mavzular