02:42 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
1001 0 0

Soʻnggi kunlarda elchixona va konsullik boʻlimi atrofida Oʻzbekistonga charter reyslar orqali qaytishni xohlagan fuqarolar toʻplana boshlagan. Bu ham turli kasalliklar, xususan, COVID-2019 koronavirus infektsiyasiga chalinish xavfini oshirmoqda.

TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Rossiyadagi Oʻzbekiston elchixonasi RF hududida boʻlib turgan vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi. 

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyadan olib ketish uchun tashkil etilayotgan charter reyslari keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda baʼzi vatandoshlarimizning va blogerlarning oʻzbekistonliklarni vatanga qaytarish jarayonidan norozi boʻlib bildirgan fikrlari va videolavhalari tarqalmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2020-yil 12-may holatiga koʻra, elchixona konsullik boʻlimi tomonidan tuzilgan onlayn-roʻyxatga vatanga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan. Bu kabi roʻyxatlar Oʻzbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. Joriy yili 11-12-may kunlarining oʻzida 14 ming vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab elchixonaga murojaat qildi.

Hozirgi vaqtda Elchixona oʻz imkoniyatlari va vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqishga barcha kuchlarini safarbar qilgan. Tezkor shtab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib, u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.

Maʼlumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. Shu sababli elchixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar soʻralganda vatandoshlardan vaziyatni toʻgʻri tushunishlari va tegishli hujjatlarni taqdim etishlari soʻralmoqda.

Bundan tashqari, soʻnggi kunlarda Elchixona va Konsullik boʻlimi atrofida charter reyslari orqali Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan fuqarolarimiz toʻplanishi kuzatilmoqda. Ushbu holat turli kasalliklar, shu jumladan, COVID-2019 koronavirus infektsiyasini yuqtirish xavfini orttiradi.

 

"Elchixona Rossiyadagi oʻzbekistonliklarning COVID-2019 koronavirusi tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatdan xavotirlari va Vatanga, oʻz oila va yaqinlari bagʻriga qaytish istagini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, Elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimiz toʻqnash kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida ham xabardor boʻlib, shu kunlarda “Mehr” loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam toʻlab berishni boshladi", - deyiladi xabarda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular