10:31 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
350 0 0

Suriya va Iordaniya chegarasida Et-Tanfa tumanida AQSH harbiy bazasi oʻrin olgan. Baza atrofidagi amerika harbiylari nazorat qiladigan 55 kilometrli zonada qochoqlar lageri joylashgan.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Suriyadagi Et-Tanf bazasida faoliyat yurituvchi amerikalik harbiylar ID terroristik guruhi bilan faol hamkorlik qilmoqda, dedi rossiyalik jurnalistlarga hukumat qoʻshinlari tomoniga oʻtgan jangarilar guruhi qoʻmondoni Abu Xamziy.

Guruh AQSH harbiy bazasida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtagan, ammo yaqinda Bashar Asad boʻlinmalariga taslim boʻlgan. Taslim boʻlish oldidan ular tayanch punktini tark etganlar. Xabarlarda aytilishicha, qochoq jangarilar neft-gaz va transport obʼyektlarida diversiyalarni, shuningdek, Damashq nazoratida boʻlgan hududlarda teraktlarni amalga oshirish uchun tayyorlangan.

"Amerikaliklar u yerlarni oʻzlarining hududlari, deb hisoblaydilar. Ular u yerda oʻzlarini shox kabi his qilishadi. Kapitan Mayk, ularning hammasi bir. <…> Ular "ID" vakillari bilan birga ishlaydilar, hamkorlik qiladilar. Ular "ID" jangarilari bilan birga ishlagan, ularni kiritgan, hozir ham ularni mashq qildirmoqda va birga ishlab kelmoqda", - dedi Abu Xamziy.

Qochqin jangari nomini tilga olgan kapitan Mayk uning instruktori boʻlgan. Xamziyning instruktor amerika hukumati "suriyalik jangarilardan qay tarzda foydalanayotganidan" bexabar, "u faqat quroldan foydalanishni biladi" va undan qanday foydalanishni oʻrgatadi. Xususan, Abu Xamziy jangarilarni amerikaning 40- va 50- kalibrli pulemetlardan foydalanishni oʻrgatgan.

Suriya va Iordaniya chegarasida Et-Tanfa tumanida AQSH harbiy bazasi joylashgan. Baza atrofidagi amerikalik harbiylar nazorat qiladigan 55 kilometrli zona qochoqlar lageri joylashgan. Rossiya harbiylari, Rossiya va Suriya TIV vakillari bir necha marotaba lagerdagi ahvol gumanitar falokatga yaqinligini taʼkidlashgan edi.

Asosiy mavzular