15:28 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
177 0 0

Abdulla Aripov boshchiligida oʻtadigan majlisda Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlarining turli jabhalardagi hamkorligiga oid 15 ta masala koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. 29 may kuni Oʻzbekiston raisligi doirasida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi videoanjuman shaklida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Tadbirda Rossiya hukumati raisi, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Moldova, Tojikiston bosh vazirlari, Armaniston va Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosarlari, Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri hamda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etishi kutilmoqda.

Hukumat rahbarlari kengashi majlisi kun tartibiga Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlarining turli jabhalardagi hamkorligiga oid 15 ta masala kiritilgan.

Muzokaralar chogʻida iqtisodiy, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning dolzarb yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashiniladi hamda koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi birgalikdagi saʼy-harakatlar muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular