23:58 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
36101

Sayidbahrom Sayidmusayev Soʻx tumani hokimi etib tayinlandi. U 2019 yildan buyon tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

TOSHKENT, 3 iyun — Sputnik. Bugun Fargʻona viloyati Soʻx tumanida navbatdan tashqari sessiya boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Press-slujba xokimiyata rayona Sux / Telegram

“2019 yildan buyon tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev Soʻx tumani hokimi etib tayinlandi”, - deyiladi OʻzA xabarida.

U 1970 yilda Qoʻshtepa tumanida tugʻilgan. Fargʻona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qoʻqon shahar IIB boshligʻi hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

Asosiy mavzular