16:52 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
167 0 0

Estoniya hukumati Rossiya ommaviy axborot vositalarini taʼqib qilib, demokratiya tamoyillariga rioya qilmayaptilar - Cherыsheva Sputnik Estoniya bilan bogʻliq vaziyat haqida

TOSHKENT, 23 iyun - Sputnik. Estoniya hukumati Yevropaning turli tuzilmalari tomonidan berilgan tavsiyalarga quloq solmadi va oʻz faoliyatini minimal darajagacha cheklashga majbur boʻlgan Sputnik Estoniyaga nisbatan munosabatini oʻzgartirmadi. Bu haqda nashr rahbari Yelena Cherыsheva OBSEning inson huquqlari boʻyicha oʻtkazilgan onlayn-uchrashuvi qatnashchilariga soʻzladi.

Estoniyada soʻz erkinligi tamoyillarining yaqqol buzilishlari kuzatilmoqda, deb taʼkidladi jurnalist. Xususan, Cherыsheva soʻzlariga koʻra, Estoniya hukumati Sputnik Estoniya tahririyatiga bosimning turli shakl va instrumentlaridan ochiqchasiga foydalanmoqda. 2019 yil oxirida respublika Politsiya va chegara xizmati departamenti barcha xodimlarga ultimatum qoʻyilgan xatlarni yubordi: agar jurnalistlar Rossiya agentligi bilan hamkorligini toʻxtatmasalar, ular "Yevropa sanktsiyalariga rioya qilmaslik" moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladilar. Bu sanktsiyalar ostida mamlakat hukumati 2014 yilda "Rossiya segodnya" XAA bosh direktori Dmitriy Kiselyovga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni nazarda tutmoqda. Shu bilan birga, agentlikning oʻzi sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilmagan.

Biroq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tahdidlar tufayli nashr sayti favqulodda rejimda ishlamoqda, tahririyat xodimlari esa Sputnik Estoniya bilan shartnomalarni bekor qilishga majbur boʻldilar.

"Bu oʻzgacha fikrlashga qarshi kurashning eng yorqin namunasidir, - deydi Yelena Cherыsheva. - Faqatgina Estoniya politsiyasi Rossiya davlat ommaviy axborot vositalariga nisbatan shaxsiy sanktsiyalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyadi".

Yelena Cherыsheva, shuningdek, oʻtgan yilning dekabr oyi oxirida Sputnik Estoniya jurnalistlari atrofidagi vaziyat fonida, Estoniya bosh vaziri Yuri Ratas Estoniya demokratiyasini butun dunyoga namuna keltirganini eslatdi.

"Mening tushunimcha, u politsiya tomonidan jurnalistlarga nisbatan tahdidni demokratiya deb hisoblaydi. Nomaqbul OAVga nisbatan ochiqcha jazo choralari esa – soʻz erkinligining estoncha talqinidir", - deya taʼkidladi Cherыsheva OBSE konferentsiyasidagi oʻz nutqida.

Eslatib oʻtamiz, OBSEning matbuot erkinligi boʻyicha vakili Arlem Dezir avval boshdan Estoniya pozitsiyasiga mutlaqo qarshi edi. 2019 yilning dekabr oyida Dezir Estoniya hukumatiga Sputnik Estoniyaga bosim oʻtkazmaslik chaqirigʻi bilan murojaat qilib, tahririyatga nisbatan kiritilgan cheklovlarni keraksiz, deya atadi. "Bu axborotning erkin oqimiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin", - deb yozgan Dezir oʻzining Tvitterdagi sahifasida.

"Sizning soʻzlaringiz ulargacha yetib bormagani achinarli",- dedi Yelena Cherыsheva Arlem Dezirga oʻz nutqi yakunida.

OBSEning Inson huquqlari boʻyicha yigʻilishi (HDIM) - bu Yevropada yiliga oʻtkaziladigan eng yirik anjuman boʻlib, unda OBSEning 57 mamlakatlari delegatsiyalari, OBSE tuzilmalari vakillari, shuningdek, xalqaro va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar. Konferentsiyada nutq soʻzlovchilar butun dunyo boʻylab OAV erkinligi, demokratiya va jurnalistlar xavfsizligi masalalarini muhokama qiladilar. Uchrashuv natijalari boʻyicha ishtirokchilar eng dolzarb muammolarni yechimi boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadilar.

Bu yilgi yigʻilish Albaniya boshchiligida koronavirus pandemiyasi munosabati bilan onlayn formatda oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular