18:14 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
113 0 0

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqishi kutilmoqda

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. 2020-yilning 30-iyun kuni videokonferents aloqa orqali yuqori darajali "Markaziy Osiyo – AQSH" ("C5+1") shaklidagi navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular