00:02 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
123 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va yangi zafarlar tiladi.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonning birinchi prezidenti – elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

“Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Nursulton Abishevich Nazarboyevni yubiley bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va yangi zafarlar tiladi”, - deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Xabarda yozilishicha, elboshining zamonaviy Qozogʻistonni barpo etish, kuchli davlat boshqaruvi institutlari va milliy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, mamlakat raqobatbardoshligi, xalqaro nufuzini oshirishga va, eng muhimi, aholining yuksak turmush darajasini taʼminlashga qaratilgan samarali ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi tarixiy roli alohida qayd etilgan.

Nursulton Nazarboyevning muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yirik tashabbuslaridan biri – jadal rivojlanib borayotgan Qozogʻistonning “tashrif qogʻozi”ga aylangan yangi poytaxt - Nur-Sulton shahriga asos solingani taʼkidlandi.

Elboshining global xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash, turli hududlardagi mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish, Markaziy Osiyoda integratsiyani kuchaytirish va barqaror taraqqiyotga erishish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyatda keng eʼtirofga sazovor boʻldi.

Taʼkidlanishicha, Qozogʻistonning birinchi prezidenti mamlakatlar oʻrtasidagi qardoshlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshdi.

Muloqot chogʻida yetakchilar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, pandemiyaning oʻzaro manfaatli hamkorlikka salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha oʻzaro yaqin muvofiqlashuv va sheriklikni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Nursulton Nazarboyev 80 yoshni qarshi oldi.

Teglar:
Nazarboyev, Mirziyoyev, Qozogʻiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular