Jinsini o‘zgartirganlar o‘rtasida nikohni taqiqlash haqidagi loyiha Gosdumaga kiritildi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin Umumrossiya referendumi yakunlariga ko‘ra Konstitutsiyada hukumatning oila va an’anaviy qadriyatlarni himoyalash borasida vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan edi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Senatorlar bir jinslilar o‘rtasidagina emas, balki avval jinsini o‘zgartirganlar o‘rtasida ham nikohni taqiqlash to‘g‘risida qonun loyihasini Davlat dumasiga kiritdilar, deb xabar beradi RIA Novosti.

Den semi, lyubvi i vernosti - Sputnik O‘zbekiston
Chinakam oila – bu ota va ona: o‘zbekistonliklar Putin pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Hujjat bunday juftliklarga farzandni asrab olishni taqiqlaydi.

Qonun loyihasi mualliflari bu: Federatsiya kengashi qoshidagi Oila kodeksini takomillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik komissiya rahbari Yelena Mizulina, sheningdek, senatorlar Yelena Afanasyeva, Aleksandr Bashkin, Rimma Galushina, Maksim Kavdjaradze va Lyudmila Narusovalardir.

Sal oldin Umumrossiya referendumi yakunlariga ko‘ra, hukumatning oila va an’anaviy qadriyatlarni himoyalash borasida vakolatlari Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan edi.

Putin AQSh elchixonasi binosiga ilingan LGBT bayrog‘i haqida hazil kildi >>>

Shu bilan birga, Vladimir Putin, Rossiyada jinsiy ozchilik huquqlariga cheklovlar yo‘qligini va hech qachon bo‘lmasligini ma’lum qildi. LGBT bo‘yicha pozitsiyaga aniqlik kiritar ekan, Putin inson o‘z taqdirini mustaqil belgilash imkoniga ega bo‘lishi uchun unga ulg‘ayishga vaqt berish kerakligini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0