09:13 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
126 0 0

Videokonferentsiya chogʻida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinadi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo TIV rahbarlari videokonferentsiya shaklida uchrashuv oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“2020 yilning 16 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Tadbirda, shuningdek, Xitoy, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari qatnashadi.

Videokonferentsiya chogʻida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash borasidagi munosabatlarni mustahkamlashning dolzarb masalalarini hamda iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish mexanizmlarini muhokama qilish koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular