09:14 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
281 0 0

Oʻzbekiston tomonlarning oʻta sabr-toqatli boʻlishi tarafdori va holatni barqarorlashtirish hamda mazkur vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralarga chaqiradi.

TOSHKENT, 15 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Ozarbayjon-Armaniston chegarasida insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelgan vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini bildirdi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, mazkur hududdagi holatning yanada keskinlashishi tinch aholi orasida qurbonlar boʻlishiga olib kelishi, MDH hududidagi muhim iqtisodiy aloqalar va kommunikatsiyalarni buzishi, mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin.

“Oʻzbekiston tomonlarning oʻta sabr-toqatli boʻlishi tarafdori va holatni barqarorlashtirish hamda mazkur vaziyatdan chiqish uchun siyosiy-diplomatik muzokaralarga chaqiradi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildirilgan.

Eslatib oʻtamiz, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Armaniston-Ozarbayjon chegarasida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va vaziyatni barqarorlashtirishga chaqirgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) tomonlarni zudlik bilan chegarada oʻt ochishni bas qilishga chaqirgan.

Asosiy mavzular