Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi boshliq tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPeredacha portfelya iz ruk v ruki
Peredacha portfelya iz ruk v ruki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muhammadzokir Mamatxonov 2018-yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Muhammadzokir Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

U ushbu lavozimga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘i bilan tayinlangan.

Vacheslav Postavnin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda migratsiya markazini ochishda barcha detallarni puxta o‘ylab chiqish kerak - ekspert

Mamatxonov 2018-yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

Muhammadzokir Mamatxonov 1974-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012-yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

U 1998 – 2016-yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan. 2016 – 2017-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0