ShHT Bosh kotibi Jeenbekovga milliy motam kuni munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

© AFP / MARK RALSTONFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda 30-iyul koronavirus qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni sifatida e’lon qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 1 347 bemor ushbu infeksiya qurboniga aylangan

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Vladimir Norov Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovga koronavirus pandemiyasi qurbonlariga xotirasiga e’lon qilingan milliy motam kuni munosabati bilan hamdardlik telegrammasini yo‘lladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Flag na posolstve Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda motam kuni - Jeenbekov fuqarolarga nima dedi?

"Qardosh Qirg‘iziston xalqining o‘rnini to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishi qayg‘usiga sherik bo‘lib, ushbu kasallik bilan kurashayotganlarning barchasi to‘liq sog‘ayishiga umid qilamiz. Fursatdan foydalanib, o‘z kasbiy burchiga sodiq qolgan holda, o‘zini dadil tutib, ruh tetikligini saqlagan holda o‘z sog‘lig‘i va hayotini xavf ostiga qo‘yib kasallarni davolashda davom etayotgan shifokorlar, tibbiyot xodimlarining fidoyiligini e’tirof etmoqchi edim", deyiladi ShHT Bosh kotibi yo‘llagan telegrammada.

Vladimir Norov Qirg‘iziston markaziy va mahalliy ijro hokimiyati organlarining o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati, ko‘ngillilarning faol harakati hamda xalqaro hamjamiyat, shu qatorda, ShHTga a’zo davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi mamlakatda epidemiya tarqalishini to‘xtatishiga ishonch bildirgan.

Qirg‘izistonda 30-iyul koronavirus qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni sifatida e’lon qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda 1 347 bemor ushbu infeksiya qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0