14:24 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
789 0 0

Mirziyoyev Yerniyazov dafn etilgan qabriston Qoraqalpogʻistonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantirilishini taʼkidladi. "Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qoʻysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna boʻladi", - dedi prezident.

TOSHKENT, 1 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukusga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qurʼon tilovat qilindi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Oʻzbekiston xalqi ogʻir judolikka uchradi. Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi raisi – Oʻzbekiston Respublikasi Senati Raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 2020 yil 31 iyul kuni vafot etdi. Marhum Nukus shahridagi "Shorsha baba" qabristoniga dafn etildi.

"Rahmatli Musa ogʻa elni yaxshi koʻrgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpogʻistondan koʻnglim toʻq edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir boʻlgan oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining ogʻzibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish boʻyicha koʻp ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni doʻstlari bilan birga albatta davom ettiramiz", - dedi davlat rahbari.

Press-slujba prezidenta RUz
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musы Yerniyazova

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinishini taʼkidladi.

Press-slujba prezidenta RUz
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musы Yerniyazova

"Bu yerni Qoraqalpogʻistonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qoʻysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna boʻladi", - dedi prezident.

Press-slujba prezidenta RUz
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Musы Yerniyazova

Asosiy mavzular