Lukashenkoning sobiq raqibi dunyoning 32 yetakchisiga maktub yozdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVozle SIK Belorussii vistroilas ochered grajdan dlya podachi obrasheniy
Vozle SIK Belorussii vistroilas ochered grajdan dlya podachi obrasheniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlik poygasida Aleksandr Lukashenkoning raqibi bo‘lgan Valeriy Sepkalo 30dan ortiq davlat yetakchilariga maktub yozdi va unda ayni vaqtda Belarus hukumati mamlakatda saylov jarayonining erkin va adolatli o‘tkazilishiga faol to‘sqinlik qilayotgani haqida bayon etdi

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Belarus prezidenti lavozimiga da’vogarlik qilgan sobiq nomzod, Yuqori texnologiyalar parki sobiq rahbari Valeriy Sepkalo dunyoning 32 davlat yetakchilariga respublikada erkin saylovlarni tashkil etishda yordam so‘rab maktub yo‘lladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko chet el jurnalistlarini mamlakatdan quvish bilan qo‘rqitdi

Ayni vaqtda Belarusda saylov kampaniyasi bo‘lib o‘tmoqda, asosiy ovoz berish kuni 9-avgustga belgilangan. Muddatdan oldin ovoz berish 4-avgust kuni boshlanadi. Prezident lavozimiga besh kishi da’vogarlik qilmoqda, ular orasida oltinchi marta o‘z nomzodini prezidentlikka ilgari surgan amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko ham bor.

"Butun Belarus xalqi nomidan ovoz berish va ovozlarni sanashda xalqaro kuzatuvni tashkil etishda qo‘llab-quvvatlashingizni, davlatingiz hududida istiqomat qiluvchi Belarus fuqarolari uchun ham ushbu ovoz berish jarayonining o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman", - deb yozgan Sepkalo.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Belorussii A. Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko: saylovlarni kuzatgingiz kelsa - marhamat, lekin qanday yashashni o‘rgatmang

U shuningdek, Belarus oppozitsiyasi maqsadi - Svetlana Tixanovskaya g‘alabasi ekanligini aytgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Tixanovskaya davlat rahbari etib saylangan taqdirda, olti oygacha bo‘lgan muddatda yangi prezident saylovlari o‘tkaziladi va unda barcha nomzodlar, jumladan, qamoqda bo‘lganlari ham ishtirok etadi.

Ikki hafta burun Sepkaloning shoshilinch tarzda Moskvaga yo‘l olgani xabar qilingan edi. Siyosatchining rafiqasi Belarusda qolgan. RIA Novosti bilan suhbatda, Sepkalo, ayni vaqtda hibsga olinishi xavfi borligi uchun vatanga qaytish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan. O‘tgan haftada siyosatchi Ukrainaga yetib kelgan.

Yangiliklar lentasi
0