02:04 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
269 0 0

Belarusda davlat rahbari saylovlari 9-avgust kuni boʻlib oʻtadi, saylov poygasida besh nomzod, shu jumladan, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko ham qatnashmoqda. Seshanba kuni respublikada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. RF Markaziy saylov komissiyasi Belarusda boʻlib oʻtadigan prezident saylovlarini kuzatmaydi, chunki Minsk tomonidan taklifnoma olmagan, shuningdek, koronavirus pandemiyasi tufayli RF oʻz vakillarini respublikaga yuborishi imkoniyati mavjud emas, deb xabar qildi RIA Novostiga MSK rahbari Ella Pamfilova.

Belarusda davlat rahbari saylovlari 9-avgust kuni boʻlib oʻtadi, saylov poygasida besh nomzod, shu jumladan, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko ham qatnashmoqda. Seshanba kuni respublikada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi.

"Rossiya MSK belaruslik hamkasblardan anʼanaviy rasmiy taklifnomani olgani yoʻq", - dedi Pamfilova.

Pamfilova shuningdek, RF kuzatuvchilari YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi va MDH missiyalari tarkibida ham bormasliklarini qoʻshimcha qilgan. Uning aytishicha, DIIHBB belarus tomonidan taklifnomani kech olgan, MDH MSK orqali esa RF oʻz vakillarini "yumshoq qilib aytganda, belarus rahbariyatining koronavirus pandemiyasiga boʻlgan oʻta spetsifik munosabati tufayli", yuborish mumkin deb hisoblamaydi.

Asosiy mavzular