Bosh shtab yadroviy quroldan foydalanish shartini ochiqladi

© Fotolia / Romolo TavaniYaderniy vzriv
Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Materialda qayd etilishicha, gap raketaning yadroviy-yadroviy emasligini aniqlash imkoni yo‘qligi sababli, har qanday raketa yadroviy sifatida qabul qilinadi.

TOShKENT, 7 avg - Sputnik. Rossiya o‘z hududi bo‘ylab sodir etiladigan har qanday raketa hujumiga qarshi adroviy potensialni ishga soladi. Bu haqda Qurolli kuchlar Bosh shtabining "Krasnaya zvezda" gazetasida chop etilgan "Rossiya Federatsiyasining yadroviy to‘siqlari sohasidagi davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida" maqolasi aytilgan.

Lavrov zayavil ob oderjimosti SShA ideyey sderjivaniya Rossii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov yadroviy ziddiyat xatarlari oshgani haqida gapirdi

Materialda qayd etilishicha, gap raketaning yadroviy-yadroviy emasligini aniqlash imkoni yo‘qligi sababli, har qanday raketa yadroviy sifatida qabul qilinadi. Rossiya harbiy rahbariyati raketa uchirilganligi haqida shu onda ma’lumotga ega bo‘ladi va javob choralari ko‘lamini belgilaydi.

Bosh shtab vakillarining ta’kidlashicha, bunday vaziyatda dushman nishoni – Rossiyani yo‘q qilish, deya qabul qilinadi.

Mudofaa vazirligi tushuntirishicha dushmanning yadroviy va boshqa ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanish shartlari, Rossiyaning o‘ta muhim inshoatlariga ta’sir qilishi, shuningdek, odatiy qurollardan foydalangan holda tajovuzi ekspertlarning shubhalariga sabab bo‘lmasligi kerak. Maqola mualliflari ta’kidlashicha, Rossiya hech kim kesib o‘tishi mumkin bo‘lmagan "qizil chiziqlarni" belgilab qo‘ydi. Agar ehtimoliy dushman buni amalga oshirishga qaror qilsa, "javob haddan tashqari halokatli bo‘ladi".

Maqolada, shuningdek, Strategik hujum qurollarni qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi shartnomaning bekor qilinishi (SNV-3) dunyoni yadroviy falokatga olib kelishi mumkinligi aytilgan.

Obyekt upravleniya zapuskom mejkontinentalnix ballisticheskix raket v shtate Severnaya Dakota - Sputnik O‘zbekiston
Qiyomat kunini yaqinlashtirdi: AQShning SNV-3 kelishuvidan chiqishi dunyoga qanday xavf soladi?

2 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Yadroviy himoya sohasidagi davlat siyosati asoslarini" tasdiqladi, unda "Rossiya Federatsiyasi yadro qurolini faqat to‘xtatuvchi vosita sifatida ko‘rishi, undan foydalanish esa favqulodda majburiy chora ekanligi" ta’kidlagan. Xujjatda ta’kidlanishicha, bunday himoya, ehtimoliy dushman tajovuz uchun qasos muqarrarligi to‘g‘risida xabardor bo‘lishiga qaratilgan.

2010 yilda imzolangan Strategik hujum qiluvchi qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma (SNV-3) Rossiya va AQSh o‘rtasida qurollarni cheklash bo‘yicha yagona faol shartnoma bo‘lib qolmoqda. SNV-3 muddati 2021-yil fevralda tugaydi, Vashington uni uzaytirish niyati borligini hamon e’lon qilmadi. AQSh ma’muriyati turli darajalarda yangi uch tomonlama yadroviy bitimni ishlab chiqish uchun Xitoyni ham muzokaralarga kiritish zarurligini ta’kidlamoqda. Pekinda bu fikr rad etilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva shartnomani hech qanday shartlarsiz uzaytirish tarafdori ekanligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0