03:06 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
153 0 0

Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi, Rossiya prezidenti, Xitoy Xalq Respublikasi raisi, AQSH prezidenti va qoʻshni davlat rahbarlari samimiy tilaklar bildirgan.

TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli davlat, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Ularda Oʻzbekistonning davlat va jamiyat qurilishida erishgan muvaffaqiyatlari, mamlakatning barqaror taraqqiyotini taʼminlash va aholi turmush darajasini oshirish, respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga qaratilgan keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari eʼtirof etilgan.

Maktublarda davlat rahbari va Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklari izhor etilib, xalqaro hamjamiyat oldida turgan umumiy global xatarlar tez fursatda yengib oʻtilishiga ishonch bildirilgan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish oʻz tabrigida dunyoni barcha uchun yanada tinch, adolatli va barqaror qilishga intilishda, bu boradagi barcha saʼy-harakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi va koʻmagidan umidvor ekanini bayon etgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Oʻzbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlanib borayotgani taʼkidlagan. Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan koʻp qirrali ikki tomonlama munosabalarni doʻst xalqlar farovonligi yoʻlida yanada rivojlantirishga ishonchi komilligini bildirgan.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin oʻz tabrigida keyingi yillar Oʻzbekistonda  Mirziyoyev rahbarligida turli yoʻnalishlarda islohotlar amalga oshirilgani, davlat qurilishi sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishilganini qayd etgan. Xitoy yetakchisi koronavirus infektsiyasi tarqalganidan soʻng Oʻzbekiston ushbu epidemiyaga qarshi kurashishda jipslashgani va Oʻzbekiston xalqi bunda albatta gʻalaba qozonishiga qatʼiy ishonishini izhor etgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp oʻtgan yil ichida, hatto global xatarlarga qaramay, yanada chuqurlashgan keng miqyosli hamkorlikni yuqori baholashini maʼlum qilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Afgʻoniston bilan hamkorlik va rishtalarni yaxshilash boʻyicha Mirziyoyev tashabbusini olqishlashini taʼkidlagan.

Jumladan, Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov butun Oʻzbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, yangi zafarlar, qardosh oʻzbek xalqiga esa abadiy tinchlik, farovonlik va ravnaq tilashgan.

Quyida tabrik yoʻllaganlarning toʻliq roʻyxati keltirilgan.

Asosiy mavzular