19:21 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
393 0 0

Belarus yetakchisi, oʻz rahbarligi davrida mamlakat uchun amalga oshirgan ishlarning qadriga yetmayotgan odamlardan "ranjiganini" taʼkidladi.

TOSHKENT, 9 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko "Belaruslarning joniga tegib ketgan boʻlishi mumkinligini" istisno etmadi. Ammo shunday boʻlsada. aksariyat odamlar u uchun ovoz berishdi. Lukashenko Rossiya telekanallariga intervyusida shunday deya bayonot qilgan, intervyu matni Sputnik radiosi tasarrufiga kelib tushgan.

"Men bizning qoʻllarimiz bilan yaratilgan narsani himoya qilishim, bu narsalarni yaratgan odamlarni va mana bu koʻpchilikni, Margarita (Sputnik, RT va "Rossiya segodnya" XAA bosh muharriri Margarita Simonyan, – tahr.) aytganidek, men uchun ovoz bergan, meni har kuni dazmolda, televizorda va muzlatgichda ham koʻrishni istaydigan insonlarni himoya qilmogʻim lozim. Ehtimol, qayerdadir ular bezgandir ham, lekin ular meni qoʻllab-quvvatladi. Men hozir shu bilan yashayapman", - deya taʼkidladi Lukashenko.

Belarus yetakchisi, shuningdek, u oʻz rahbarligi davrida mamlakat uchun amalga oshirgan ishlarning qadriga yetmayotgan odamlardan "ranjishini" taʼkidladi.

Bundan tashqari, u Belarusda roʻy berayotgan hodisalardan "ranjishini", ammo bu holat u hamma narsaga qoʻl siltaganini anglatmasligini aytdi. Lukashenkoning soʻzlariga koʻra, u vaziyatga falsafiy yondashmoqda.

"Qachonlardir u (Xudo, – tahr.) meni chaqirib oladi", – dedi u.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taʼkidlashicha, u oʻzi boshqarayotgan mamlakatdan tashqari hech vaqoga ega emas, Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenko singari milliardlab mablagʻlari yoʻq.

"Axir bizda ham shunday burchaklar bor. Rossiyada ham, sovet vaqtidan qolgan, oq-qora narsalar. Men ularni tartibga keltirdim. Men avtomatni qoʻlga olganim sabablaridan biri ham shunda… Men uni har qandayiga himoya qilishni istaganim uchun emas bu. Axir men shundan boshqa hech vaqoga ega emasman. Tushunyapsizmi, agar choʻntagimda bir necha milliard boʻlganida edi, ehtimol, men ham Poroshenkoga oʻxshab yoʻl tutardim. Bu mubolagʻa, albatta, lekin men baʼzan shunday deb oʻylayman. Lekin menda bu milliardlar yoʻq. Shu bois, men qoʻrqmayman", - dedi Lukashenko Rossiya telekanallariga bergan intervyusida.

Lukashenkoning fikricha, uning rahbarligida Belarusi "katastrofik tarzda oʻzgargan, bu mutlaqo boshqa mamlakatga aylangan". Lukashenko oʻzining qishloq odami ekanligi, dehqonligi va sunbula burjiga mansubligi uchun "hamma joyda tartib boʻlishini" yoqtirishini aytdi.

Belarusdagi protest aktsiyalari

Belarusdagi ommaviy protestlar 9 avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko gʻalaba qozongach boshlangan edi. MSK maʼlumotlariga koʻra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya gʻalaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning oʻzi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yoʻl oldi.

Aktsiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan koʻz yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina oʻqlarni ishlatishgan. Soʻngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni toʻxtatishdi.

Rasmiy maʼlumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qoʻlga olingan. IIV xabariga koʻra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati maʼlumotiga koʻra, uch kishi qurbon boʻlgan.

Asosiy mavzular