14:15 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
92410

Asosiysi - millatlar orasidagi yaxshi munosabatlar: Mariya Zaxarovaning Feysbukdagi posti uchun Rossiya prezidenti va tashqi ishlar vaziri Serbiya prezidentidan kechirim soʻrashdi.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda TIV rahbari Sergey Lavrov Serbiya prezidentidan Aleksandr Vuchichdan uzr soʻrashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Biz juda yaxshi telefon suhbati oʻtkazdik. Prezident Putin hech qachon mendan kechirim soʻramagan edi. Vazir Lavrov ham, lekin Zaxarovaning postidan soʻng ular soʻrashdi. Mening oʻzim bu haqida hech narsa degan boʻlmasam ham. Munosabatlarimiz juda yaxshi deb oʻylayman", - dedi Vuchich milliy telekanal efirida. 

Gap shundaki bir necha kun oldin Serbiya prezidenti Vashingtonda Donald Tramp qabulida boʻlgan edi. Shundan soʻng OAVlarda Donald Tramp oʻz kabinetida stol ortidagi kresloda oʻtirgan Aleksandr Vuchich esa uning qarshisida stulda oʻtirgan faotosuratlari tarqalgan edi. Mariya Zaxarova ushbu holat AQSH prezidentini "oʻzini katta tutishini" anglatadi deb, mashhur "Asosiy instinkt" filmi sahnasiga oʻxshatgan edi, lekin hazil post koʻpchillikka maʼqul boʻlmadi. Jumladan Serbiya prezidentiga ham. 

Asosiy mavzular