06:13 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Siyosat
Havola olish
287 0 0

Oʻzbekiston va Shveytsariya Gulnora Karimova hisobidan musodara qilingan mablagʻlarni qaytarish shartlari borasida kelishuvga erishdi. Aktivlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, barqaror rivojlanish loyihalariga sarflashi kerak.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Shveytsariya Oʻzbekiston bilan mamlakatga Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi doirasida musodara qilingan mablagʻlarni qaytarish shartlari boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Shveytsariya hukumati bayonotida soʻz boradi.

Ikki mamlakat imzolagan kelishuvga binoan Gulnora Karimovaga taalluqli boʻlgan hisob-raqamlardan olingan 131 million dollar Oʻzbekistonga qaytariladi.

Yaqin kunlarda rasmiylashtirilishi kutilayotgan bitimda restitutsiya qilishning asosiy tamoyillari bayon qilingan. Xususan, Oʻzbekiston qaytarilgan aktivlarni aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, barqaror rivojlanish loyihalariga sarflashi kerak. Bundan tashqari, ushbu mablagʻlar xarajati ustidan shaffof monitoring oʻrnatilishi lozim.

Gulnora Karimovaga taalluqli yana 650 mln Shveytsariya franki (715 million dollar) muzlatib qoʻyilgan. Hozircha bu mablagʻlar Karimovaga nisbatan jinoiy ish ketayotganligi uchun ushlab turiladi. Ushbu mablagʻlar berilgan taqdirda ham yuqoridagi shartlar asosidagina Oʻzbekistonga qaytariladi

2012 yil Shveytsariya bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida 800 mln Shveytsariya frankiga teng mablagʻli aktivlarni muzlatib qoʻygan edi. Ushbu summaning 131 mln dollari 2019 yilda musodara qilingan.

Gulnora Karimova oʻtgan yilning bahoridan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21 raqamli umumiy rejimdagi koloniyada jazoni oʻtamoqda. Mart oyida Oliy sud uning 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar bergan edi.

May oyida Karimovaning 10 mln dollarlik aktivi Frantsiyadan qaytarilgan edi. Adliya vazirligi Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan va mamlakatga qaytarilayotgan mablagʻlarning sarflanishi haqida jamoatchilikni doimiy ravishda xabardor qilishini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular