16:39 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
81 0 0

Avvalroq sogʻligʻi holati tufayli lavozimini tark etgan Sindzo Abening oʻrniga Yosixide Suga Yaponiya bosh vaziri etib saylangan edi.

TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Yosixide Sugaga uning mamlakat bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mirziyoyev maktubida ikki tomonlama munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani taʼkidlangan hamda Oʻzbekiston-Yaponiya strategik sherikligi bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirilgan.

Avvalroq sogʻligʻi holati tufayli lavozimini tark etgan Sindzo Abening oʻrniga Yosixide Suga bosh vazir etib saylangan edi.

Yaponiya imperatori Naruxito chorshanba kuni Tokiodagi saroyda oʻtkazilgan tantanali tadbirda bosh vazir Yosixide Suga boshchiligidagi mamlakatning yangi hukumati tarkibini tasdiqladi.

Asosiy mavzular