Mirziyoyev bugun BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida nutq so‘zlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vistupayet na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON v shtab-kvartire OON v Nyu-Yorke
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vistupayet na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON v shtab-kvartire OON v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jonli efirni 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) saytimizda tomosha qiling. Shuningdek, prezident matbuot xizmati e’lon qilgan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tomosha qilish mumkin.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Bugun, 23-sentabr kuni, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi.

Mirziyoyev ikkinchi bo‘lib nutq so‘zlaydi.

Eslatib o‘tamiz, tadbir tashkilot tarixida ilk bor videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi.Bunga jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat sabab bo‘ldi.

Davlat rahbari qaysi masalalar yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini taqdim etishni rejalashtirgan

Shavkat Mirziyoyev chiqishi davomida xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtayi nazarini taqdim etadi.

Qolaversa, O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Shuningdek, asosiy mavzularidan biri koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengish bo‘ladi.

Nutqni qayerda tomosha qilish mumkin

Nutqni soat 18:00 da (Toshkent vaqti bilan, 16:00 da Moskva vaqti bilan) saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Shuningdek, quyidagi telekanallar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda tomosha qilish mumkin:

  • “O'zbekiston”, “O'zbekiston 24”, “Zo'r TV”, “Sevimli TV”, “Milliy TV” (o‘zbek tilida);
  • “Yoshlar”, “Toshkent” (rus tilida);
  • “Uzreport TV”, “Dunyo bo’ylab” (ingliz tilida);
  • Prezident matbuot xizmatining Facebook va YouTube'dagi sahifalari.

Shavkat Mirziyoyev birinchi marta 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutq so‘zlagan edi. O‘shanda ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi.

Generalnaya assambleya OON prinyala rezolyutsiyu, razrabotannuyu Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi

Prezident dunyo hamjamiyati e’tiborini yana bir bor bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri — Orol halokatiga qaratgan edi.

Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish zarurligini ta’kidlagan edi.

Mirziyoyev keng jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazish muhimligiga urg‘u bergan edi.

Shuningdek, u O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratayotgani qayd etgan edi.

O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0