09:22 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
163 0 0

Har ikki davlat delegatsiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Aripov oʻz vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Tojikistonda boʻlib turibdi.

Har ikki davlat delegatsiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Aripov oʻz vaqtida suv yetkazib berilgani uchun Tojikistonga minnatdorlik bildirdi.

“Fursatdan foydalanib, joriy yilda suv tanqis boʻlishiga qaramasdan, qoʻshimcha suv yetkazib berganingiz uchun Tojikiston tomoniga alohida minnatdorlik bildiramiz”, - dedi u.

Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, mamlakatlar oʻrtasida turli sohalarda xususan, ilmiy markazlar oʻrtasida tajriba almashish muhim ahamiyatga ega. Aripov navbatdagi ishchi guruh yigʻilishini Toshkentda oʻtkazishni taklif qildi.

“Pandemiya vaqtida bir birimizni qoʻllab-quvvatlaganimiz hamkorlikning qay darajada mustahkam ekanini bildiradi. Oʻzbekiston bu hamkorlikni davom ettirishga tayyor”, — Oʻzbekiston bosh vaziri.

Tojikistonda Oʻzbekiston bunyod etgan maktab ochildi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Abdulla Aripov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Dushanbega tashrif buyurgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular