14:24 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
97 0 0

Botir Qudratxodjayev 2017 yil iyunidan hozirga qadar Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xorazm viloyati hokimligida Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, viloyat hokimi Farhod Ermanov ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtgan.

Unda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Qudratxodjayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Botir Qudratxodjayev bungacha Toshkent shahri prokurori boʻlgan (2016−2017), undan avvalroq Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori boʻlib ishlagan (2014−2016).

U 2017 yil iyunidan hozirga qadar Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil fevralidan  hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namanganga prokuror etib tayinlangan edi.

Asosiy mavzular