22:05 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
136 0 0

Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Avazjon Karimov jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Avazjon Karimov  jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Karimov  1983 yil 19 mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006 yilda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi raisining oʻrinbosari sifatida boshlagan. 2007-2011 yillarda Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi, 2011 yildan Oʻzbekiston badminton federatsiyasi raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014-2015 yillarda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori oʻrinbosari, soʻngra ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, Jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi Ishlar boshqarmasi boshligʻi, 2017-2019 yillarda Chirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori, 2019 yil 6 sentyabrdan hozirga qadar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Asosiy mavzular