17:39 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
251 0 0

Usmon Rahimov shahar hokimligidan ketdi. Viloyat hokimi rahbar odam oʻz shaxsiy hayotiga ham eʼtiborli boʻlishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanishi lozimligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Qobil  Hamdamov Toshkent viloyati Olmaliq shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qilindi.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatov oʻz soʻzida sobiq hokimning Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklariga toʻxtaldi. Shuningdek, rahbar odam oʻz shaxsiy hayotiga ham eʼtiborli boʻlishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shugʻullanishi lozimligini taʼkidladi.

TikTokda "shumaxerlik" qilgan haydovchi jarimaga tortildi

Qobil Hamdamov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Asosiy mavzular