22:30 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
206 0 0

Gʻaniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlanganligi munosabati bilan senatorlar roʻyxatidan chiqarildi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Fargʻona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat Gʻaniyev Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzolari roʻyxatidan chiqarildi. Tegishli qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

U Oʻzbekiston prezidentining 2020 yil 24 sentyabrdagi PF-6069-son farmoniga asosan senatorlar roʻyxatidan chiqarilgan.

“...Shuhrat Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlanganligi munosabati bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari roʻyxatidan chiqarilgan deb hisoblansin”, - deyilgan hujjatda.

Mazkur qaror Oliy Majlis Senatiga hamda xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashiga yuborilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident farmoni bilan Shuhrat Gʻaniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular