18:57 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Siyosat
Havola olish
26920

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning Oʻzbekistonga boʻlajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabaridan maʼlum boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hamda Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar loyihalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

“Xitoy bilan ham aloqalar izchil rivojlanmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning mamlakatimizga boʻlajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda”, - deyilgan xabarda. Biroq tashrif sanasi maʼlum qilinmagan. Si Tszinpin ilk bor 2016 yil 21 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga kelgan edi.

Xabarda yozilishicha, shu yilning 8 oyi davomida Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi savdo aylanmasi hajmi 4 milliard dollarga, Janubiy Koreya bilan 1,4 milliard dollarga yetdi.

Prezident ishtirokida Xitoy va Koreyaga eksport masalasi muhokama qilindi

Yigʻilishda prezident bu davlatlar bilan hamkorlik boʻyicha imkoniyatlar koʻpligi, lekin hozirgi natijalar yetarli darajada emasligini taʼkidladi. “Yoʻl xaritalari” ijrosi oqsayotgani, ish tizimli olib borilmayotganini jiddiy tanqid qildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Xitoy TIV rahbarlari Abdulaziz Kamilov va Van I boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarni muhokama qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular