06:16 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
126 0 0

Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Anvar Nasirov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi.

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik. Anvar Nasirov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli farmoyishga imzo chekdi.

Nasirov bunga qadar Oʻzbekiston prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tashqi siyosat va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy taʼminlash shoʻʼbasi mudiri lavozimida ishlagan.

Bundan avval esa Tashqi ishlar vazirligi tizimida masʼul lavozimlarda, xususan vazir oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatgan; Oʻzbekistonning Oʻzbekistonning Shanxay Hamkorlik Tashkilotidagi doimiy vakili, SHHT bosh kotibi oʻrinbosari boʻlgan.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020 yil avgustida prezident qarori asosida tashkil etilgan. Institut qoʻshni davlatlarning tashqi siyosat kontseptsiya va maqsadlarini tahliliy yondashuvlar asosida puxta oʻrganadi, mintaqaviy ahamiyatga ega turli loyihalarni batafsil tahlil qiladi va boʻlib oʻtadigan mintaqaviy xalqaro ilmiy anjuman va tadbirlarda bu mavzularni muhokama qiladi.

Asosiy mavzular