06:52 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
78 0 0

Oʻzbekiston va Turkiya harbiy kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilish va tajriba almashishga kelishib olishdi.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri, armiya generali Hulusi Akarni qabul qildi.

Prezident soʻnggi 3 yilda Oʻzbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Oʻz navbatida, Hulusi Akar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda shuningdek, Oʻzbekiston va Turkiya mudofaa idoralari harbiy kadrlarni oʻqitish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish, qoʻshin boʻlinmalarini tayyorlash boʻyicha tajriba almashishga kelishib olindi.

Undan tashqari, mintaqadagi zamonaviy xatarlar va xavfsizlikka tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy va harbiy-texnik sohalarda keng koʻlamli hamkorlikka tayyor ekanini taʼkidladi.

Asosiy mavzular