18:36 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
167 0 0

Umida Toʻxtasheva va Talʼatjon Haydarov Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari etib tayinlandi.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik.  Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga oʻrinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan:

  • Umida Toʻxtasheva Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari — Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi etib;
  • Talʼatjon Haydarov Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining oʻrinbosari – Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Toʻxtasheva Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani lavozimida, Haydarov Oʻzbekiston Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining ichki xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Asosiy mavzular