Rossiya siyosiy o‘yinlar vositasiga aylangan OZXOdan chiqishni o‘ylab qolishi mumkin - Nebenzya

Obuna bo‘lish
Nebenzaning ta’kidlashicha, hammasi o‘ta shov-shuvli tarzda barbod bo‘lmasidan, nimadir qilish kerak. Chunki bu ketishda OZXO o‘z obro‘yini yo‘qotadi

TOShKENT, 12 noya - Sputnik. OZXO ezgu maqsadlar uchun yaratilgan tashkilotdan siyosiy o‘yinlar instrumentiga aylanib, o‘z obro‘yini shiddat bilan yo‘qotmoqda, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya RIA Novostiga bergan intervyusida.

Vasiliy Nebenzya - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb KQTT sobiq rahbarining “fosh qiluvchi faktlari”dan qo‘rqdi – Nebenzya

"Bizning  sheriklarimiz og‘zi ko‘pirib, buni rad etishga urinmoqdalar. Kimoviy qurol hisoblangan - ommaviy qirg‘in qurollariga qarshi kurashish singari ezgu maqsadda tashkil etilgan tashkilotdan OZXO siyosiy o‘yinlar instrumentiga aylandi. Bularning barchasi tufayli oxir-oqibat biz chuqur inqirozga duch kelishimiz mumkin. Tashkilotning obro‘yiga putur yetgan, uning texnik kotibiyat vakolati, ya’ni unda yaratilgan surishtiruv mexanizmlari, tashkilot bosh direktorligi ham boy berilgan. Biz uchun bu sir emas", - deydi agentlik suhbatdoshi.

Shuningdek, Nebenzya, Rossiya kimoviy qurolni ta’qiqlash bo‘yicha tashkilot(OZXO)dan chiqish haqida o‘ylab qolishi mumkinligini aytdi.

Vistuplenie glavi MID RF S. Lavrova pered studentami MGIMO - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov YeIning Navalniy tufayli sanksiyalariga munosabat bildirdi

"Endi tasavvur qiling, OZXOdan chiqdik, va bizga darhol: "Ana, aytmaganmidik", deyishlari aniq. Ammo agar u o‘z obro‘yini butkul yo‘qotsa va yoqmay qolgan rejimlarga qarshi qarorlar imzolanadigan joyga aylangudek bo‘lsa, u holda, bu haqda o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi. Ammo biz undan chiqamiz, degan mazmundagi keskin harakatlar qilmayapmiz... Boshqalarga ham maslahat bermaymiz", - deya tushuntiradi diplomat.

G‘arb davlatlari kimoviy qurolni ta’qiqlash bo‘yicha tashkilot(OZXO)ni ularga yoqmaydigan davlatlarni sharmandalik ustuniga mixlash uchun ishlatishmoqda. Endi bunday davlatlar sirasiga biz ham kirdik. Rossiyaga qarshi ishlatishmoqda, xususan, Aleksey Navalniy ishida shunday qilindi, xolbuki, bu davlatlarning asosiy nishoni, "bosh gumondori" - Suriya davlati bo‘lgan va shundayligicha qolmoqda, deya qo‘shimcha qildi Vasiliy Nebenzya.

Nebenzaning ta’kidlashicha, hammasi o‘ta shov-shuvli tarzda barbod bo‘lmasidan, nimadir qilish kerak. Chunki bu ketishda OZXO o‘z obro‘yini yo‘qotadi.

Yangiliklar lentasi
0